add

O‘zbekistonda 9 oyda 177 mingta nikoh qayd etilgan

25.10.2025 | 11:454261

2025 yil yanvar–sentyabr oylarida mamlakat bo‘yicha 177 mingta nikoh rasman ro‘yxatdan o‘tgan. Eng ko‘p nikoh shaharlarda qayd etilgan.

O‘zbekistonda 9 oyda 177 mingta nikoh qayd etilgan

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning dastlabki to‘qqiz oyida FHDYO organlarida 177 mingta nikoh qayd etilgan. Shundan 91,2 mingtasi shaharlarda, 85,8 mingtasi esa qishloq hududlarida ro‘yxatdan o‘tgan. Shu davrda esa 35,4 mingta nikoh bekor qilingan. Bu ko‘rsatkich ham oilaviy munosabatlardagi muammolar kuchayib borayotganini ko‘rsatadi.

Nikohlar soni ham oxirgi yillarda izchil kamayish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Yanvar–sentyabr oylari kesimida bu ko‘rsatkich 2021 yilda 206,8 ming, 2022 yilda 197 ming, 2023 yilda 184,5 ming, 2024 yilda 179,4 ming, 2025 yilda esa 177 mingta nikohni tashkil etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligidagi yig‘ilishda yil boshidan beri qariyb 32 ming oilaning ajrashgani ma’lum qilingan. Shu bilan birga, 16 mingga yaqin ota-onaning aliment to‘lamasligi holatlari aniqlangan.

2025 yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekiston aholisi soni 38 million 69,1 ming kishini tashkil etadi. Shundan 49,6 foizi (18,9 mln) ayollar, 50,4 foizi (19,1 mln) esa erkaklardir. Shahar aholisi soni 19,4 million, qishloq joylarda yashovchilar soni 18,7 millionni tashkil qiladi

Teglar

Mavzuga oid