add

O‘zbekistonda avgust oyida yengil avtomobil savdosi pasaydi

16.09.2025 | 15:307453

Avgust oyida 90 ming dona yengil avtomobil sotilgan. Bu iyul oyiga nisbatan 9,5 foizga kam.

O‘zbekistonda avgust oyida yengil avtomobil savdosi pasaydi
Avgust oyida jami 90 mingta yengil avtomobil sotilgan. Eng katta pasayish Toshkent, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlarida qayd etilgan. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston, Sirdaryo va Andijon viloyatlarida sotuvlar o‘sgan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi avtomobili bozori dinamikasi bo‘yicha yangilangan tahlilida ma’lumot berdi. 1 Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi avtomobil bozorida savdolar 37,6 mingtadan oshmay, oylik hisobda 2 foizga kamaydi. Mahalliy ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar asosiy ulushni saqlab qoldi — 32,6 mingta sotuv, bu esa iyulga nisbatan 0,8 foiz kam. Xorijiy ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar savdosi sezilarli darajada tushib, 4,9 mingtani tashkil etdi, bu esa oylik hisobda 9,4 foizga kamayish demakdir. 2 Ikkilamchi bozorda sotuv hajmi 52,7 mingtani tashkil etdi, iyulga nisbatan 14,3 foizga pasayish qayd etilgan. Bu segment nisbatan barqarorlikni saqlagan bo‘lsa-da, umumiy savdolarning pasayishi kuzatildi. Elektromobillar segmenti e’tiborga molik natijalar ko‘rsatdi. Avgustda ikkilamchi bozorda 2,7 mingta elektromobil sotilgan, bu oylik hisobda bor-yo‘g‘i 0,6 foiz o‘sishni anglatadi. Biroq o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 4,6 barobar oshgan.

Teglar

Mavzuga oid