add

O‘zbekistonda bir qator hokimlik va idoralar binosi sotuvga chiqariladi (ro‘yxat)

25.10.2025 | 15:5818831

Hukumat qaroriga muvofiq, davlatning ayrim hokimlik va idora binolari xususiylashtirish orqali tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish maqsadida elektron auksion orqali sotuvga qo‘yiladi.

O‘zbekistonda bir qator hokimlik va idoralar binosi sotuvga chiqariladi (ro‘yxat)

O‘zbekiston hukumati 22 oktyabr kuni qabul qilgan «Jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlarini optimal joylashtirish orqali ularning bino va inshootlari o‘rnida biznes loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga asosan, davlat ko‘chmas mulkining bir qismi elektron auksion orqali sotiladi.

12

Hujjatga ko‘ra, mahalliy hokimliklar, davlat tashkilotlari va ayrim idoralar binolari aniqlangan bo‘lib, ular xususiy sektor va investorlar uchun ochiq savdolarga qo‘yiladi. Bunday tashabbus orqali hukumat hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlik muhitini faollashtirishni ko‘zlamoqda.

34

Sotuv jarayoni davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha yagona elektron auksion tizimi orqali amalga oshiriladi. Qiziqqan tadbirkorlar va investorlar savdolarda ishtirok etish uchun elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

56

Mazkur qaror mahalliy boshqaruv organlarini yagona ma’muriy binolarda joylashtirish hamda ularning bo‘shagan binolarida yangi biznes loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu esa shahar va tuman markazlarining infratuzilmasini zamonaviy talablarga moslashtirishga xizmat qiladi.

7

Avvalroq, tuman va shahar hokimliklari uchun yangi binolar qurilishi g‘aqida xabar bergan edik.2026-yilga qadar tanlab olingan tuman va shaharlarda mahalliy boshqaruv organlari uchun zamonaviy ma’muriy binolar quriladi, ularning quyi qavatlari esa biznes faoliyati uchun ajratiladi.

Teglar

Mavzuga oid