add

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat pasaya boshlaydi

12.09.2025 | 15:0036673

14 sentyabrdan boshlab salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Harorat sezilarli darajada pasayishi mumkin.

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat pasaya boshlaydi
O‘zbekistonga hafta oxirida harorat pasayishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 12-13 sentyabr kunlari mamlakatning asosiy qismida quruq va nisbatan issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati +30...+35 daraja, janubiy viloyatlarda esa +37...+39 darajaga yetishi kutilmoqda. Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Bu hududlarda kunduzgi harorat +20...+25 darajagacha pasayadi. Shimoliy va cho‘l hududlarIda shamol kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor. Yakshanba kuni respublika bo‘ylab harorat pasayib, kunduzi +25...+30 daraja, janubiy viloyatlarda esa +33...+35 darajadan oshmaydi. Toshkent shahrida juma kuni harorat +33...+35 daraja, shanba kuni +31...+33 daraja, yakshanba kuni esa +27...+29 daraja bo‘lishi kutilmoqda. Shamol sharqdan esib, sekundiga 10–12 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi poytaxtda harorat +16...+19 darajada saqlanadi. Keyingi haftaning birinchi yarmida ham respublikaga salqin havo massalari kirib kelishi davom etadi. Kechasi harorat +10...+15 darajagacha, kunduzi esa +20...+25 darajagacha pasayishi mumkin. Ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat pasaya boshlaydi | Vaqt.uz