add

O‘zbekistonda eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida yashaydi

Bugun 14:50392

2025 yil 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 069 116 kishini tashkil etgan.

O‘zbekistonda eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida yashaydi

2025 yil 1 oktyabr holatida O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 38 069 116 kishini tashkil etdi. Eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida istiqomat qiladi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida istiqomat qiladi — 4 million 360 ming kishi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati (4 204 284 kishi) va Qashqadaryo viloyati (3 697 658 kishi) joylashgan.

Andijon viloyatida 3,5 million, Namangan viloyatida 3,17 million, Toshkent shahrida 3,16 million va Toshkent viloyatida 3,14 million kishi istiqomat qiladi. Shu bilan birga, Surxondaryo viloyatida 2,99 million, Buxoro viloyatida 2,09 million, Xorazm viloyatida esa 2,05 million kishi qayd etilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholi soni 2 million 46 ming nafarni tashkil etsa, Jizzax viloyatida 1,55 million, Navoiy viloyatida 1,1 million, Sirdaryo viloyatida esa 942 ming kishi istiqomat qilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2026 yil 15 yanvar–28 fevral kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi. Bu har bir fuqaro va xo‘jalik haqida aniq ma’lumot to‘plash, kelgusidagi ijtimoiy-iqtisodiy rejalarni belgilashda muhim qadam hisoblanadi.

Ro‘yxatga olish 2 bosqichda amalga oshiriladi:

— 1 bosqich (15–31 yanvar):

17 kun davomida fuqarolar sensus.stat.uz sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniga ega bo‘ladi.

Bu qulay, tez va zamonaviy usul bo‘lib, uydan chiqmasdan ro‘yxatda qatnashish imkonini beradi.

— 2 bosqich (4–28 fevral):

«Mahalla yettiligi» a’zolari uyma-uy yurib, planshetlar orqali ro‘yxatga olish jarayonlarini amalga oshiradi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda eng ko‘p aholi Samarqand viloyatida yashaydi | Vaqt.uz