add

O‘zbekistonda kelasi xafta yog‘ingarchiliksiz boshlanadi

12.10.2025 | 17:1213053

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, 13 oktyabr kuni mamlakat hududida asosan yog‘ingarchiliksiz, o‘zgaruvchan havo saqlanib turadi.

O‘zbekistonda kelasi xafta yog‘ingarchiliksiz boshlanadi
Toshkent shahrida shamol sharqdan 3–8 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +12...+14 daraja, kunduzi +26...+28 daraja bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo yog‘ingarchiliksiz, shamol 7–12 metr sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 metr sekundgacha kuchayishi va chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +22...+27 daraja bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 7–12 metr sekund tezlikda esib, ayrim joylarda kuchayishi mumkin. Havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +25...+30 daraja bo‘ladi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan, lekin yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol 7–12 metr sekund tezlikda esadi, havo iliq va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +27...+32 darajagacha ko‘tariladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida shamol 5–10 metr sekund tezlikda esadi, havo yog‘ingarchiliksiz. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +23...+28 daraja bo‘ladi. Respublikaning tog‘li hududlarida shamol sharqdan 7–12 metr sekund tezlikda esadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +18...+23 daraja bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid