Logo

O‘zbekistonda kliring tizimi orqali to‘lovlar soni 44,2 foizga oshdi

Bugun 18:552 daqiqa

Iyul oyida Markaziy bankning Hisob-kitoblar kliring tizimi orqali 17,2 million ta to‘lov qabul qilindi. Ularning umumiy qiymati 11,6 trillion so‘mni tashkil etdi.

O‘zbekistonda kliring tizimi orqali to‘lovlar soni 44,2 foizga oshdi

2026 yil iyul oyida Markaziy bankning Hisob-kitoblar kliring tizimi orqali 17,2 million ta to‘lov qabul qilindi. Bu 2025 yilning shu oyiga nisbatan 5,3 million ta yoki 44,2 foizga ko‘p, deyiladi Markaziy bank xabarida.

Shu bilan birga, to‘lovlarning umumiy qiymati 11,6 trillion so‘mni tashkil etdi. Yillik o‘sish 8,7 foiz bo‘ldi.

Yuqori ko‘rsatkichga ega TOP-5 bank

Banklar kesimida to‘lovlar soni bo‘yicha eng katta o‘sishlardan biri Aloqabankda kuzatildi. Bank orqali amalga oshirilgan to‘lovlar soni bir yilda 7,3 million tadan 9 million taga yetdi. Bu 22,6 foizlik o‘sishdir.

Aloqabankda to‘lovlarning umumiy qiymati ham 2,35 trillion so‘mdan 3,01 trillion so‘mga oshgan.

TBC Bankda to‘lovlar soni qariyb 1,5 million taga ko‘payib, 1,05 million tadan 2,56 million taga yetdi. To‘lovlarning umumiy summasi esa 445,9 milliard so‘mdan 674,9 milliard so‘mga oshdi.

Hamkorbank to‘lovlar soni o‘sishi bo‘yicha eng yuqori sur’at qayd etgan banklardan biri bo‘ldi. U orqali qabul qilingan to‘lovlar soni 62,3 mingtadan 1,09 million taga yetdi. Bu qariyb 17 barobar o‘sishni anglatadi.

Bankdagi to‘lovlarning umumiy qiymati ham 231,8 milliard so‘mdan 516,3 milliard so‘mga ko‘paydi.

Uzum Bank orqali qabul qilingan to‘lovlar soni 211,4 mingtadan 728,5 mingtaga oshgan. Ularning umumiy qiymati esa 62 milliard so‘mdan 121,4 milliard so‘mga yetdi.

Ipoteka-bankda to‘lovlar soni 232,5 mingtadan 292,6 mingtaga, to‘lovlarning umumiy qiymati esa 285 milliard so‘mdan 477,9 milliard so‘mga oshgan.

To‘lovlar soni qiymatidan tezroq o‘smoqda

Umuman, raqamlar kliring tizimida to‘lovlar soni ularning umumiy qiymatiga nisbatan ancha tez o‘sganini ko‘rsatmoqda.

Taqqoslash uchun, 2025 yil iyul oyida ushbu tizim orqali 11,9 million ta to‘lov qabul qilingan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 10,6 trillion сўмни tashkil etgan.

Shunday qilib, bir yilda to‘lovlar soni 5,3 milliontaga, ularning umumiy qiymati esa 1 trillion so‘mga oshgan.

Vaqt.uz avvalroq kliring tizimi qanday ishlashi haqidagi o’z maqolasini e’lon qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda kliring tizimi orqali to‘lovlar soni 44,2 foizga oshdi | Vaqt.uz