add

O‘zbekistonda oilalar soni 10 milliondan oshdi

23.08.2025 | 10:4036613

Eng ko‘p oilalar Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.

O‘zbekistonda oilalar soni 10 milliondan oshdi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 1 yanvar holatiga mamlakatda 10 million 244 mingdan ortiq oila mavjud. Eng ko‘p oilalar Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida qayd etilgan. Toshkent shahrida esa bir milliondan ziyod oila yashamoqda. 1 iyul holatiga doimiy aholi soni qariyb 38 million kishiga yetgan. Shuning 19,1 millioni erkaklar, 18,8 millioni ayollardir. Shaharlarda 19,3 million, qishloqlarda esa 18,6 million kishi istiqomat qiladi. Oila tarkibiga oid kuzatuvlar aholi hayotidagi muhim tendensiyalarni ko‘rsatadi. Masalan, 2025 yil boshida 3 a’zodan iborat uy xo‘jaliklari ulushi 11,2 foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich so‘nggi o‘n besh yil ichida izchil o‘sib kelmoqda. Shuningdek, to‘rt va undan ortiq farzandli oilalar ulushi 8,5 foizga yetdi. Aholi zichligi bo‘yicha Toshkent shahri 1 km² ga deyarli 7 ming kishi to‘g‘ri kelishi bilan birinchi o‘rinda turibdi. Andijon va Farg‘ona viloyatlari ham zich hududlar qatoriga kiradi. Eng kam ko‘rsatkich esa Navoiy viloyatida qayd etilgan. Shuningdek, 15–49 yosh toifasiga kiruvchi ayollar soni 9,4 millionga yetdi. Bu ko‘rsatkich yillar davomida barqaror o‘sib, mamlakatda demografik jarayonlar va ijtimoiy siyosat uchun muhim omilga aylanmoqda. 2025 yilning yanvar—aprel oylarida 266 mingdan ziyod tirik tug‘ilish qayd etildi. Eng ko‘p chaqaloqlar Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida dunyoga keldi. Bu raqamlar aholi tarkibidagi tabiiy o‘sishni yanada tasdiqlaydi.

Teglar

Mavzuga oid