add

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi pasayishni boshladi

22.10.2025 | 13:003001

Yil boshidan beri 44 marta rekord darajaga ko‘tarilgan oltin quymalari narxi 22 oktyabrdan pastlay boshladi. Bu tendensiya xalqaro bozorlardagi pasayish bilan bog‘lanmoqda.

O‘zbekistonda oltin quymalari narxi pasayishni boshladi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 22 oktyabr kuni O‘zbekistonda 1 gramm oltin quymasi narxi 1 million 665 ming so‘mni tashkil etdi. 5 grammli quyma narxi esa 8 million 326 ming so‘mga tushdi. Bu ko‘rsatkichlar oxirgi haftalarda kuzatilayotgan pasayishning davomi hisoblanadi.

Quymalar narxi miqdorga ko‘ra quyidagicha belgilangan:

5 gramm — 8 mln 326 ming so‘m;

10 gramm — 16 mln 652 ming so‘m;

20 gramm — 33 mln 305 ming so‘m;

50 gramm — 83 mln 262 ming so‘m;

100 gramm — 166 mln 523 ming so‘m.

Markaziy bank qayd etishicha, 17 oktyabr kuni oltin quymalari narxi yil boshidan beri 44 marta rekord yangilagan. Biroq 20 oktyabrdan keyin narx pastlay boshlagan. Bu o‘zgarish xalqaro bozorlardagi dinamikaga ham mos keladi.

Ma’lumki, Nyu York tovar birjasi (COMEX) ma’lumotlariga ko‘ra, 21 oktyabr savdolarida oltin narxi 6 foizga pasayib, bir troy unsiyasi uchun 4100 dollarni tashkil etgan. Bu 2013 yildan beri kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayishdir.

Muttaxassislar fikricha, xalqaro bozorlardagi narx o‘zgarishlari O‘zbekistondagi ichki qimmatbaho metallar bozoriga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu holat qisqa muddatli foyda olish maqsadida investorlarning oltin sotish faolligi bilan izohlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid