Logo

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Bugun 22:311 daqiqa

Sanae Takaichi boshchiligidagi Yaponiya hukumati vazirlar mahkamasidagi o‘zgarishlar oldidan to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi. Yangi hukumat tarkibi yaqin soatlarda e’lon qilinadi.

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi

Yaponiya hukumati to‘liq tarkibda iste’foga chiqdi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Sanae Takaichi kanselyariyasi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hukumatning navbatdan tashqari yig‘ilishida barcha vazirlar iste’foga chiqish haqida ariza bergan. Bosh vazir ularning arizalarini qabul qilgan.

Shu bilan birga, iste’foga chiqqan vazirlar yangi hukumat tarkibi shakllantirilguniga qadar o‘z vazifalarini rasman bajarishda davom etadi.

Asosiy vazirlar lavozimini saqlab qolishi kutilmoqda


Yangi Vazirlar Mahkamasi tarkibi yaqin soatlarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Mahalliy kuzatuvchilarning baholashicha, hukumatdagi o‘zgarishlar katta bo‘lmasligi mumkin. Xususan, tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi, mudofaa vaziri Sindziro Koidzumi, moliya vaziri Satsuki Katayama hamda hukumat bosh kotibi Minoru Kixara kabi asosiy amaldorlar lavozimlarini saqlab qolishi kutilmoqda.

Bundan bir kun oldin Takaichi hukmron Liberal-demokratik partiya rahbariyatida ham kichik o‘zgarishlarni amalga oshirgan. Bunda partiyadagi asosiy lavozimlar o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Mahalliy kuzatuvchilar bu qarorlarni partiya boshqaruvida barqarorlikni saqlash hamda Takaichining 2027 yilda partiya raisi lavozimiga qayta saylanishi uchun sharoit yaratish istagi bilan bog‘lamoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Yaponiya hukumati iste’foga chiqdi | Vaqt.uz