add

O‘zbekistonda «Sun’iy intellekt liderlari — Top-30» ro‘yxati e’lon qilindi

30.08.2025 | 22:3021444

«Yuksalish» harakati va AICA tomonidan bu oradagi ilk milliy reyting taqdim etildi

O‘zbekistonda «Sun’iy intellekt liderlari — Top-30» ro‘yxati e’lon qilindi
«Yuksalish» harakati va Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi (AICA) hamkorligida O‘zbekistonda sun’iy intellekt (SI) sohasi rivojiga hissa qo‘shayotgan ilk milliy «Sun’iy intellekt liderlari – TOP-30» ro‘yxati tuzildi. Unda olimlar, mutaxassislar va faollar nomzod sifatida qayd etildi. Sun’iy intellekt mamlakatda raqamli taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab bermoqda. 2024 yilda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «2030 yilgacha SI texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi» qabul qilindi. Hujjat doirasida 1,5 mlrd dollarlik SI mahsulotlari yaratish, xalqaro reytingda dunyodagi ilg‘or 50 mamlakat qatoriga kirish va kadrlar salohiyatini oshirish belgilangan. O‘zbekistonda MyID, UzFace, Palm Pay kabi SI yechimlari amaliyotda joriy etilmoqda. AI readiness indeks bo‘yicha O‘zbekiston 17 pog‘onaga ko‘tarilib, Hindiston va Turkiyani ortda qoldirdi. Shu bilan birga, startap va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yo‘lga qo‘yilmoqda. Reytingning maqsadi — sohadagi faol shaxslarni jamoatchilikka tanitish, yutuqlarini e’tirof etish, ilg‘or tajribani ommalashtirish va yoshlarni ilmiy-texnologik sohalarga jalb etishdir. Reyting ikki bosqichda shakllantirildi: dastlab 50 nomzod saralandi, so‘ng 1380 nafar AICA rezidenti tomonidan 8 mezon asosida baholandi. Ro‘yxatga kiritilgan yetakchilar orasida MyTaxi, Express24, Workly va Maxtrack xizmatlari asoschisi Akmal Payziyev ham bor. Mohirdev platformasi asoschisi Anvar Narzullayev esa SIni ta’lim sohasiga joriy etmoqda. Shuningdek, Bunyodbek Ibrohimov va Dilnoz Muhammadiyeva kabi tadqiqotchilar SI sohasida nazariy va amaliy ishlarni olib bormoqda. Bu ro‘yxat nafaqat sohadagi faoliyatni rag‘batlantiradi, balki ilmiy va texnologiyaviy rivojlanishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid