add

O‘zbekistonda suvdan foydalanishni nazorat qilish uchun dronlardan foydalaniladi

Kecha 09:262 daqiqa

Sug‘oriladigan yerlarda suv isrofini kamaytirish va hisob-kitobni aniqlash uchun dronlardan foydalanishga ruxsat beriladi.

O‘zbekistonda suvdan foydalanishni nazorat qilish uchun dronlardan foydalaniladi

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlarida suvdan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida sug‘orish jarayonlari va suv isrofi uchuvchisiz uchish apparatlari orqali Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligi va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan monitoring qilinadi. Bu haqda prezident matbuot hizmati xabar berdi.

Inspeksiyaning hududiy bo‘linmalarida suv tejovchi texnologiyalardan foydalanish hamda suv iste’molini nazorat qilish bo‘yicha maxsus bo‘limlar tashkil etiladi. Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarida o‘tkaziladigan tekshiruvlarda yonkameralardan foydalanish amaliyoti joriy qilinadi, bu esa jarayon shaffofligini oshirishga xizmat qiladi.

Suv tejovchi texnologiyalardan maqsadli foydalanish ustidan nazorat ham kuchaytiriladi. Agar subsidiya ajratilgan yer maydonlarida tomchilatib yoki boshqa zamonaviy usullar o‘rniga an’anaviy sug‘orish qo‘llanilsa, bu suvdan o‘zboshimchalik bilan foydalanish sifatida baholanadi.

«Suv hisobi» axborot tizimi

Sholi yetishtiriladigan va baliqchilik xo‘jaliklari joylashgan yerlarda «aqlli» suv o‘lchash va hisoblash uskunalari o‘rnatiladi. Ushbu uskunalar «Suv hisobi» axborot tizimiga integratsiya qilinib, suv sarfini aniq hisoblash imkonini beradi.

Fermerlarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida «Suvxo‘jaliknazorat» inspeksiyasiga suv tejovchi texnologiyalar bilan bog‘liq nizolar yuzasidan sudlarga murojaat qilishda davlat bojidan ozod etish taklifi ilgari surildi.

Suvchilar maktabi

Shuningdek, kadrlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. «Suvchilar maktabi» loyihasi doirasida joriy yilda 10 ming nafar fermer xo‘jaliklari xodimlari o‘qitiladi, 358 nafar mutaxassis xorijda malaka oshiradi.

Bundan tashqari, suv tejovchi texnologiyalarni o‘z mablag‘i hisobidan joriy etgan tashabbuskorlarga yangi subsidiya tizimi tatbiq etiladi. Unga ko‘ra, subsidiyaning 50 foizi loyiha boshlanishidan oldin ajratiladi.

Teglar

Mavzuga oid