Logo

YeOTB Markaziy Osiyo uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondini tashkil etmoqchi

Bugun 12:501 daqiqa

Fondni tashkil etishda ishtirok etish a’zo mamlakatlar iqtisodiyotiga qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish va mintaqa kompaniyalarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

YeOTB Markaziy Osiyo uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondini tashkil etmoqchi © EDB

Yevroosiyo taraqqiyot banki hamkorlari bilan birgalikda Markaziy Osiyo va Kavkazorti mamlakatlari uchun yangi investitsiya fondini tashkil etadi. Fond mintaqa kompaniyalariga sarmoya kiritadi.

Bank matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Markaziy Osiyo va Kavkazorti to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondi (CACPEF) Xitoy investitsiya korporatsiyasi, Ummon investitsiyalar boshqarmasi, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Turkiyaning OYAK fondi, YeOTB hamda «Shenwan Hongyuan Securities» kompaniyasi ishtirokida tashkil etilmoqda.

Yangi fond Xitoy, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyodagi yirik investorlarning mablag‘lari, tajribasi va ishbilarmonlik aloqalarini birlashtiradi. Bu orqali mintaqa kompaniyalari hamkorlarning sohaviy tajribasi, zamonaviy texnologiyalari va yangi bozorlarga chiqish imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

YeOTB boshqaruvi raisining o‘rinbosari Doniyor Imangaliyevning ta’kidlashicha, Markaziy Osiyo va Kavkazorti kompaniyalariga biznesni kengaytirish va yangi bozorlarga chiqish uchun uzoq muddatli sarmoyalar kerak.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fondni tashkil etishda ishtirok etish a’zo mamlakatlar iqtisodiyotiga qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish va mintaqa kompaniyalarining rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevrosiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda kuchliroq investitsiyalar va sanoat ishlab chiqarishi iqtisodiy o‘sishni 7,9 foizgacha oshirishi mumkinligini yozgandi.

Teglar

Mavzuga oid