add

O‘zbekistonda xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etish bo‘yicha 2022 yildan beri 338 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Bugun 14:251121

2022 yilda xorijdagi harbiy harakatlarda qatnashish bo‘yicha 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, 2023 yilda 68 ta, 2024 yilda 112 ta va 2025 yilda 139 ta holat qayd etilgan.

O‘zbekistonda xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etish bo‘yicha 2022 yildan beri 338 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

O‘zbekistonda so‘nggi to‘rt yil ichida chet eldagi harbiy harakatlarda ishtirok etganlik bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari soni keskin oshgani ma’lum qilindi. «Uzoqdan izlangan baxt» hujjatli filmida keltirilgan rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2022–2025 yillar davomida Jinoyat kodeksining 154-moddasi (yollanish) bilan bog‘liq 338 ta holat qayd etilgan.

Ma’lumotga ko‘ra, 2022 yilda ushbu modda bo‘yicha 19 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lsa, 2023 yilda 68 ta, 2024 yilda 112 ta va 2025 yilda 139 ta holat qayd etilgan. Mutasaddilar ushbu dinamikani vaziyatning jiddiylashuvi va xavfsizlikka tahdidlar kuchayib borayotgani bilan izohlaydi.

Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga muvofiq, yollanishda aybdor deb topilgan shaxslar besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Agar shaxslar boshqalarni yollash, o‘qitish, moliyalashtirish yoki moddiy yordam ko‘rsatgan bo‘lsa, shuningdek ulardan xorijdagi harbiy harakatlarda foydalanish holati aniqlansa, jazo muddati yetti yildan o‘n ikki yilgacha oshadi. Bu qat’iy jazolar davlatning yollanma jangarilar oqibatlarini oldini olishga qaratilgan siyosatidan darak beradi.

Eslatib o‘tamiz, «Xochu jit» (yashashni istayman) tashkiloti Ukrainadagi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilgan, halok bo‘lgan yoki bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik fuqarolarning yangi ro‘yxatini e’lon qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda xorijdagi harbiy harakatlarda ishtirok etish bo‘yicha 2022 yildan beri 338 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan | Vaqt.uz