add

O‘zbekistonda «yashil belgi» ekologik markirovkasi tartibi tasdiqlandi

29.07.2025 | 11:003812

O‘zbekistonda mahsulot va xizmatlarni ekologik jihatdan baholash va ularga «yashil belgi» berish bo‘yicha yagona ixtiyoriy tartib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabariga tayangan holda ma’lum qilindi. Nizom 2025 yil 25 iyulda 3652-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda «yashil belgi» ekologik markirovkasi tartibi tasdiqlandi
Nizomda belgilanishicha, ekologik markirovkalash jarayoniga mahsulot yoki xizmatlarni sertifikatlashtirish, talabgorni avtorizatsiyadan o‘tkazish, xorijiy ekologik tizimlarni tan olish va «yashil belgi»ni qo‘llash kiradi. Talabgorlar ekologik markirovkalash organiga belgilangan shaklda yozma yoki elektron ariza taqdim etadi. Ariza kelib tushgandan so‘ng, besh ish kuni ichida undagi ma’lumotlar ko‘rib chiqiladi. Keyingi jarayon — sertifikatlashtirish — uch oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Sertifikatlashtirish jarayonida mutaxassislar guruhi tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, maxsus xulosa tayyorlanadi. Agar natijalardan norozilik bildirilsa, ariza beruvchi 1 oy ichida Apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishi mumkin. Ushbu tizim joriy etilishi orqali mahalliy va import mahsulotlar ekologik talablarga mosligini ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi hamda aholi orasida ekologik mas’uliyatni oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonda «yashil belgi» ekologik markirovkasi tartibi tasdiqlandi | Vaqt.uz