add

O‘zbekistondan Xitoyga Qoshg‘ar orqali ilk konteyner poyezdi jo‘natildi

Yangi logistika bazasi o‘z faoliyatini boshladi.

O‘zbekistondan Xitoyga Qoshg‘ar orqali ilk konteyner poyezdi jo‘natildi
Kecha, 9 sentabr kuni Toshkentdan Lanchjouga «O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy» multimodal yo‘nalishida ilk konteyner poyezdini jo‘natish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.  Qayd etilishicha, xalqaro transport-logistika hamkorligini rivojlantirish bo‘yicha «Gansu International Logistics Group Co. Ltd.» kompaniyasining O‘zbekistonda yangi logistika bazasi o‘z faoliyatini boshlagan. «Yangi logistika bazasining ishga tushirilishi va mazkur yo‘nalishda muntazam konteyner tashuvlarni yo‘lga qo‘yilishi mintaqaning tranzit salohiyatini mustahkamlash, yetkazib berish muddatlarini qisqartish hamda Gansu – Qoshg‘ar – Markaziy Osiyo yo‘nalishi bo‘yicha barqaror yuk tashuvlarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishini ta’minlaydi», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid