Logo

O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘izistonga safar qilmoqda

Kecha 16:351 daqiqa

2026-yilning birinchi yarim yilligida 3,5 milliondan ortiq o‘zbekistonlik xorijga turistik safar qildi. Eng ommabop yo‘nalishlar ro‘yxatida qo‘shni davlatlar yetakchilik qilmoqda.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p Qirg‘izistonga safar qilmoqda © vitvesti.by

2026-yilning yanvar–iyun oylarida 3,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga safar qildi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,5 ming nafarga ko‘p.

Eng ko‘p safarlar qo‘shni davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Reytingda Qirg‘iz Respublikasi 1 mln 547,6 ming nafar turist bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston 667,7 ming nafar bilan qayd etilgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Tojikiston 619,5 ming nafar bilan egalladi.

TOP-10 yo‘nalish

To‘rtinchi o‘rindan Rossiya joy oldi. 6 oy davomida 183,8 ming nafar o‘zbekistonlik ushbu davlatda safar qilgan.

Keyingi o‘rinlarda Saudiya Arabistoni (153,6 ming nafar), Turkiya (127,2 ming nafar), BAA (41,8 ming nafar), Xitoy (36,5 ming nafar), Misr (25,9 ming nafar) va Vietnam (23,4 ming nafar) qayd etildi.

Ma’lumotlardan ko‘rinishicha, o‘zbekistonliklar eng ko‘p qo‘shni davlatlarga safar qilgan. Shu bilan birga, ziyorat va dam olish turizmi ommabop bo‘lgan mamlakatlar ham eng ko‘p tanlangan yo‘nalishlar qatorida qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga yarim yil davomida 6,5 milliondan ortiq sayyoh kelganligi haqida ma’lumot bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid