add

O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir kutilmoqda

08.09.2025 | 14:1542092

Yangi boshlangan ish haftasida mamlakat bo‘ylab asosan quruq ob-havo saqlanadi, faqat ayrim viloyatlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir kutilmoqda
«O‘zgidromet» ma’lumotlariga ko‘ra,  8—12 sentyabr kunlari O‘zbekistonda asosan quruq va quyoshli ob-havo hukm suradi. Biroq ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 8—10 sentyabr kunlari Toshkent va Farg‘ona viloyatining tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 12 sentyabr, juma kuni esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazmda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shamolning tezligi odatda sekundiga 7—12 metr atrofida bo‘ladi. Lekin ayrim hududlarda u soniyasiga 13—18 metrgacha kuchayishi va chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Harorat kunduzi +28...+33 daraja oralig‘ida, mamlakat janubida esa +35...+38 darajagacha ko‘tariladi. Kechasi havo +15...+20 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Toshkentda 8 sentyabr kuni havo qisman bulutli bo‘lib, qisqa muddatli yomg‘ir kuzatilishi mumkin. Shaharda harorat kechasi +18...+20 daraja, kunduzi esa +30...+32 daraja bo‘lishi taxmin qilingan.

Teglar

Mavzuga oid

O‘zbekistonning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir kutilmoqda | Vaqt.uz