add

O‘zekiston ko‘chalariga 700 mingdan ortiq yoritish uskunalari o‘rnatilgan

21.06.2025 | 18:008923

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil boshiga qadar O‘zbekiston ko‘chalarida 700,2 mingta yoritish uskunalari faoliyat yuritmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2,3 foizga ko‘proq.

O‘zekiston ko‘chalariga 700 mingdan ortiq yoritish uskunalari o‘rnatilgan
O‘zbekistondagi ko‘chalar 700,2 ming dona yoritish uskunalari orqali yoritilayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil 1 yanvar holatiga bergan hisobotida qayd etilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,3 foizga yoki 15,8 mingtaga oshgan. Respublikaning eng ko‘p yoritish uskunalari o‘rnatilgan hududi Toshkent shahri hisoblanadi — 153,7 mingta. Undan keyingi o‘rinlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi (66,6 mingta), Farg‘ona viloyati (65,7 mingta), Namangan viloyati (52,9 mingta), Andijon viloyati (52,5 mingta) va Samarqand viloyati (51,3 mingta) turibdi. Ushbu natijalar shahar va tumanlar infratuzilmasini yaxshilash, jamoat xavfsizligini oshirish hamda qulay yashash muhitini ta’minlashda olib borilayotgan ishlar samarasi sifatida baholanmoqda. Ayniqsa, aholi zich joylashgan hududlarda ko‘chalarning yoritilishi kechki vaqtda yurish xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, Prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida markaziy va ichki ko‘chalarni yoritishdagi isrofgarchilikni kamaytirishga qaratilgan maxsus dastur ishlab chiqilishi belgilangan. Bu yo‘nalishda energetik samaradorlik va xarajatlarni optimallashtirish masalalariga e’tibor qaratilmoqda. Kelgusida zamonaviy, kam energiya sarflaydigan texnologiyalarni joriy etish orqali nafaqat yoritish sifatini yaxshilash, balki byudjet mablag‘larini tejash ham ko‘zda tutilgan.

Teglar

Mavzuga oid