O‘ziga kredit olishni taqiqlagan fuqarolar soni ma’lum qilindi

Bugun 10:251 daqiqa

O‘zbekistonda 2,2 mlndan ortiq fuqaro «Kreditga taqiq» xizmati orqali o‘zini kredit olishdan himoya qilmoqda.

O‘ziga kredit olishni taqiqlagan fuqarolar soni ma’lum qilindi © infokredit.uz

O‘zbekistonda kredit olishni cheklash xizmatidan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada oshdi. Kredit-axborot tahlil markazi ma’lumotiga ko‘ra, 2026 yil 1-aprel holatiga ushbu xizmatdan 2 207 753 nafar fuqaro foydalangan.

Yil boshidan buyon tizimga 1,7 milliondan ortiq fuqaro qo‘shilgan. Solishtirish uchun, yil boshida xizmatdan foydalanuvchilar soni 438 322 nafarni tashkil etgan edi.

O‘zini o‘zi cheklashni o‘rnatganlar orasida erkaklar soni 1 283 506 nafarni, ayollar esa 924 247 nafarni tashkil etmoqda. Bu mexanizm orqali fuqarolar o‘z nomiga kredit, mikrozaym yoki kredit kartalari rasmiylashtirilishini ixtiyoriy ravishda cheklay oladi.

photo_2026-04-15_09-56-30

Foydalanuvchilar «kreditga taqiq» xizmatidan onlayn va oflayn shaklda mustaqil ravishda foydalanib, uni yoqish yoki o‘chirish imkoniyatiga ega:

1) «KATM mobil ilovasi orqali - «Ommabop xizmatlar» bo‘limidan «Kreditga taqiq» xizmati. Android | IOS

2) Kredit byurosining veb-saytida shaxsiy kabinet bo‘limidan.

Call-markaz: (+998) 712034747, Telegram: @katm_uz

3) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) va uning mobil ilovasi orqali «Kredit bitimini tuzishga taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash» sahifasidan foydalanish mumkin.

4) Yurtimiz hududida joylashgan barcha Davlat xizmatlari markazlari orqali ham faollashtirish yoki o‘chirish imkoniyati mavjud

«Kreditga taqiq» — jismoniy shaxslarga o‘zlarining ishtirokisiz yoki xabarisiz kredit bitimi rasmiylashtirilishining oldini olish uchun o‘zi bilan kredit bitimini tuzishni taqiqlash imkonini beradi.

Xizmatdan foydalanish bepul taqdim qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid