
Prezident Bosh prokuror, mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziriga yangi unvonlar berdi
27.08.2025 | 15:5519272
Prezident Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 34 yilligi munosabati bilan davlat mukofotlarini topshirish marosimida bir qator muhim qarorlarni qabul qildi.

Davlat rahbari Bosh prokuror, mudofaa vaziri va ichki ishlar vaziriga yangi unvonlar berdi. Farmonga ko‘ra, Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldashev 2-darajali davlat adliya maslahatchisi maxsus unvoniga sazovor bo‘ldi. Mudofaa vaziri Shuhrat Xalmuxamedov general-leytenant harbiy unvonini oldi. Shuningdek, ichki ishlar vaziri Aziz Tashpulatovga general-leytenant maxsus unvoni berildi.
Prezidentning ta’kidlashicha, ushbu unvonlar mas’ul rahbarlarning soha rivojidagi faoliyati va davlat xizmatidagi munosib hissasi uchun yuksak e’tirofdir. Yangi unvonlar ularning kelgusi vazifalarida yanada katta mas’uliyat yuklaydi.
Shu kuni davlat rahbari Toshkentda quriladigan yangi Milliy muzey loyihasiga ham start berdi. Prezident, shuningdek, «Toshkent-Sharqiy» xalqaro aeroportida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.





