add

Putin Tojikistonning 300 mln dollarlik elektr qarzidan voz kechdi

Rossiya Tojikistonning «Sangto‘da GES-1» orqali to‘plangan yirik qarzidan voz kechishga qaror qildi. 300 million dollarlik to‘lov 2034 yilgacha bosqichma-bosqich bekor qilinadi.

Putin Tojikistonning 300 mln dollarlik elektr qarzidan voz kechdi
Rossiya va Tojikiston "Sangto‘da GES-1" qo‘shma korxonasi oldidagi elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha to‘plangan qarzni bosqichma-bosqich bekor qilish to‘g‘risida kelishuv imzoladi. Bu haqda Tojikiston parlamentining quyi palatasi tasdiqlagan bayonnoma ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi. Umumiy qarz miqdori 300 million dollarga teng bo‘lib, uning bekor qilinishi 2034 yilgacha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Kelishuvga joriy yil aprel oyi oxirida Rossiya energetika vaziri Sergey Sivilyov hamda Tojikiston energetika vaziri Daler Ҷuma tomonidan imzo qo‘yilgan. Mazkur qaror orqali Rossiya amalda Tojikiston aholisining energetika sohasini qo‘llab-quvvatlamoqda. 670 MVt quvvatga ega «Sangto‘da GES-1» mamlakat elektr energiyasining taxminan 12 foizini ishlab chiqaradi. Undan ishlab chiqarilgan elektrni yagona xaridor sifatida davlat kompaniyasi «Barqi tochik» qabul qiladi. Rossiya bu kabi qarzni kechish amaliyotini boshqa davlatlar uchun ham qo‘llamoqda. Joriy yilda Belarus davlat kreditlari bo‘yicha to‘lovlarini 7–12 yilga kechiktirishga muvaffaq bo‘ldi. Umumiy qarz 800 million dollarni tashkil qiladi. Shuningdek, Kuba 1,2 milliard yevro miqdoridagi kredit bo‘yicha besh yillik tanaffus oldi. Moskva, shuningdek, Kubaning 32 milliard dollarlik qarzini ham yozib tashladi. Afrika mamlakatlariga berilgan qarzlarning 20 milliard dollari Rossiya tomonidan kechilgan.

Teglar

Mavzuga oid