
Putin Ukrainadagi to‘rt oblastni to‘liq bosib olishga kirishdi
19.05.2025 | 18:128813
Putin 2025 yil oxiriga qadar Donbass, Zaporijjya va Xerson oblastlarini to‘liq ishg‘ol qilish ishonmoqda va muzokaralarini aynan shu asosda olib boradi, deb yozadi Bloomberg.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina hududidagi to‘rt oblast — Donetsk, Luhansk, Zaporijjya va Xersonni yil oxiriga qadar to‘liq egallash rejasiga qat’iy ishonmoqda.
Manbaga ko‘ra, Putin shu ishonch asosida AQSH prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar olib boradi. Moskva ushbu to‘rt oblastni anneksiya qilganini avvalroq e’lon qilgan, endi esa ularni de-fakto to‘liq nazorat qilishga intilayapti.
Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti tahlilchisi Ben Barri esa Rossiyaning bu rejasi amalga oshishi ehtimolini past deb baholadi. Unga ko‘ra, Ukraina armiyasi hozircha kuchli mudofaa imkoniyatlarini saqlab turibdi va Rossiyaning umumiy hujumi muvaffaqiyatli yakunlanishi ehtimoli juda kam.
Bloomberg nashrining yozishicha, Donald Tramp urushni tez orada to‘xtatish niyatida, ammo Putin hozircha tinchlikka moyillik bildirmayapti. Shu bilan birga, Rossiya AQSH tomonidan so‘nggi paytdagi sanksiyalar tahdidiga ham hozircha befarq munosabat bildirayotgani ta’kidlanadi.
Putin va Trampning telefon orqali muloqoti 19 mayga belgilangan. Tramp shaxsiy uchrashuv bo‘lishi mumkinligini aytgan, ammo aniq sana hozircha belgilanmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin bilan yuzma-yuz uchrashuvga qadar tinchlik muzokaralarida jiddiy ilgarilash bo‘lmaydi.





