add

Qarmoqda yana migrantlar. Rossiyalik deputatlar ularga nisbatan yangi cheklov joriy qilmoqchi

11.09.2025 | 23:208104

Endi migrantlarga o‘z oila a’zolarini Rossiyaga olib kelishni taqiqlash taklif qilinmoqda.

Qarmoqda yana migrantlar. Rossiyalik deputatlar ularga nisbatan yangi cheklov joriy qilmoqchi
Rossiyada mehnat migrantlariga oila a’zolarini mamlakatga olib kelish taqiqlanishi mumkin. Tegishli qonun loyihasi Davlat Dumasiga 9 sentyabr kuni Sergey Mironov boshchiligidagi «Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun» fraksiyasi deputatlari tomonidan kiritilgan. Tashabbus mualliflarining fikricha, migrantlar oilalari mamlakatdagi maktab, shifoxona va ijtimoiy infratuzilmaga ortiqcha yuk bo‘lmoqda. Ularga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini mehnat patentlaridan tushadigan mablag‘ qoplamaydi. Ular Belarus fuqarolari va yuqori malakali xorijiy mutaxassislar uchun istisno qilishni taklif qilmoqdalar. Hujjat Dumaning qonunchilik bazasida e’lon qilindi. «Shu bilan birga, migrantlarning patentlaridan olingan byudjet daromadlari ishlamaydigan oila a’zolarini ta’minlash xarajatlarini qoplamaydi. Bu esa migratsiya siyosatining mazkur modelini iqtisodiy jihatdan samarasiz qiladi," - deya ta’kidlanadi hujjatga ilova qilingan tushuntirish xatida», - deyiladi hujjatning tushuntirish xatida. Agar taqiq qabul qilinsa, u holda bunday chora past malakali ishchi migrantlar oqimini 15–20 foizga qisqartiradi. Avvalroq, «Yangi odamlar» fraksiyasi migrantlardan qo‘shimcha daromad olish maqsadida ular uchun haydovchilik guvohnomasi davlat bojini 4 ming rubldan 20 ming rublgacha oshirish taklifini ilgari surgan edi. Vaqt.uz Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar Rossiyada nafrat, tazyiq va zo‘ravonlikka uchrayotgani, Hukumat migrantlarga qarshi kampaniyani kuchaytirishda davom etayotgani, huquqlar esa jiddiy cheklanmoqdaligi haqida yozgan edi. Rossiya Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilning birinchi choragida mamlakatdagi korxonalarning 20 foizidan ziyodi ishchi yetishmasligi muammosidan shikoyat qilgan. Ammo mehnatkashlarni qarshi olish o‘rniga, Rossiya rasmiylari muhojirlarga nisbatan nafratni qo‘zg‘amoqda va ular uchun cheklovlarni kuchaytirmoqda. Rasmiy hisobotlarga ko‘ra, mamlakatda 6,1 million mehnat muhojiri bor, aslida esa bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Hukumat ularning harakatini nazorat qilmoqda, ishlash huquqlarini cheklamoqda va bolalarining ta’lim olish imkoniyatlarini ham to‘smoqda.

Teglar

Mavzuga oid