
Qashqadaryoda 1,5 mlrd kub metr hajmdagi yerosti gaz saqlash ombori quriladi
26.09.2025 | 18:309712
Energetika vazirligi Xitoyning China National Petroleum Corporation kompaniyasi bilan Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 1,5 milliard kub metr hajmdagi gazni yerostida saqlash ombori qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida katta gazni yerostida saqlash inshooti barpo etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Energetika vazirligi Xitoyning China National Petroleum Corporation kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi, unga ko‘ra, inshoot «Qorabayir» koni negizida quriladi.
Shartnoma asosida boshlang‘ich tadqiqotlar amalga oshirilganda, «Qorabayir» konining XII gorizonti GESI qurish uchun eng maqbul ob’ekt sifatida tan olingan.
Ushbu «Qorabayir» konida rejalashtirilayotgan GESIda — 1 mlrd 500 mln kub metr hajmdagi aktiv tabiiy gazni saqlash imkoniyati yaratiladi.
Ma’lumot uchun, Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 2024 yil oktyabr oyida mamlakatda ikkita yerosti gaz saqlash omboridan — «Gazli» va «Xo‘jaobod»dan foydalanilayotganini aytgandi.





