Qurilish bozori tahlili: O‘zbekistonda 2026-yil boshidagi ko‘rsatkichlar

Bugun 10:361 daqiqa

2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonda qurilish ishlari 29,2 trln so‘mga yetdi. Sohada 10,6 foiz o‘sish qayd etildi.

Qurilish bozori tahlili: O‘zbekistonda 2026-yil boshidagi ko‘rsatkichlar

2026-yilning yanvar-fevral oyida O‘zbekistonda bajarilgan qurilish ishlarining iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimlanishida eng yuqori – 70,2 foiz ulush bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishiga to‘g‘ri kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qurilish ishlari hajmi quyidagicha:

- bino va inshootlar qurilishi yo‘nalishi – 20,5 trln so‘m

- fuqarolik obyektlari qurilishi yo‘nalishi – 5,5 trln so‘m

- ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari yo‘nalishi – 3,2 trln so‘m

Umumiy o‘sish yillar kesimida

Shunday qilib, 2026-yilning dastlabki ikki oyida 29,2 trln so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,6 foizga oshgan.

Qurilish ishlari hajmi yillar kesimida quyidagicha (yanvar-fevral):

2022 yil – 12,7 trln so‘m;

2023 yil – 12,9 trln so‘m;

2024 yil – 16,2 trln so‘m;

2025 yil – 25,1 trln so‘m;

2026 yil – 29,2 trln so‘m.

Xorijiy kapital

1-mart holatiga O‘zbekistonda 576,8 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritayotgan bo‘lsa, shulardan 31 372 tasi qurilish yo‘nalishida ishlamoqda. Ular orasida chet el investitsiyalari ishtirokidagilari ham bor. 1-fevral holatiga O‘zbekistonda xorijiy sarmoya bilan 1 444 ta qurilish korxonasi ishlayapti. Shundan 85 tasi Qozog‘iston kapitali, 43 tasi Tojikiston kapitali, 43 tasi Ozarbayjon kapitali ishtirokida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid