
Retseptsiz sotiladigan dorilar ro‘yxati e’lon qilindi
SSVga ko‘ra, hozirgi kunda 1846 turdagi retseptsiz sotiladigan dori vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

Retseptsiz sotiladigan dorilar haqidagi axborot tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda hamda Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari davlat reyestrida joylashtirib boriladi. Sog‘liqni saqlash bu haqda ma’lumot berdi.
Ta’kidlanishicha, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq, retseptsiz sotiladigan dori vositalari haqidagi axborot dori vositalarining tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomalarda hamda Tibbiyot amaliyotida qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat reyestrida joylashtirib boriladi.
Shuningdek, bunday axborot OAV va ixtisoslashtirilgan bosma nashrlarda ham berilishi mumkin.
Vazirlikka ko‘ra, hozirgi kunda 1846 turdagi retseptsiz sotiladigan dori vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tgan. Ularning ba’zilari bilan ushbu jadvalda tanishish mumkin.
Avvalroq, «Elektron retsept» tizimi joriy etilgani ortidan shifoxonalarda tartibsizlik yuzaga kelgani, shifokorlar esa retsept yozolmayotgani haqida xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan edi.
«Elektron retsept» tizimi hozir Toshkent shahri va 15 ta tumanda joriy etilgan. Tizimni butun respublika bo‘ylab kengaytirish 2026 yil oxirigacha bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.





