add

Rossiyada 14 yoshli jinoyatchilarni ko‘proq qamash muhokama qilinmoqda

12.06.2025 | 18:4020394

Adliya vazirligi RF Bosh prokuraturasi taklifiga ko‘ra, ayrim jinoyatlar uchun javobgarlik yoshini 14 yoshga tushirishni ko‘rib chiqmoqda. Bu masala yaqinda qonunchilik komissiyasida muhokama qilingan.

Rossiyada 14 yoshli jinoyatchilarni ko‘proq qamash muhokama qilinmoqda
Rossiya Adliya vaziri o‘rinbosari Yelena Ardabyevaning ma’lum qilishicha, hukumat ayrim jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik yoshini 16 yoshdan 14 yoshga tushirish masalasini muhokama qilmoqda. Bu taklif Rossiya Bosh prokuraturasi tomonidan berilgan va yaqinda qonunchilik faoliyati bo‘yicha komissiyada ko‘rib chiqilgan. Ardabyeva buni «murakkab qaror», deb atadi. Rossiya Jinoyat kodeksining 20-moddasiga ko‘ra, hozirda 14 yoshdan boshlab faqat og‘ir jinoyatlar: o‘ldirish, zo‘rlash, vandalizm, terrorizm, ommaviy tartibsizlikda ishtirok kabi jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan. Endi esa harbiy shon-sharaf yodgorliklarini buzganlik kabi qilmishlar ham ushbu ro‘yxatga qo‘shilishi mumkin. Ardabyevaning ta’kidlashicha, 2022 yildan buyon shunday yodgorliklarni taxminan 370 marta haqorat qilish holati qayd etilgan va ularning aksariyati balog‘atga yetmaganlar tomonidan sodir etgan. 11 iyun kuni Davlat Dumasi davlatni himoya qilishda halok bo‘lganlarning qabri va yodgorliklarini haqorat qilganlik uchun 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikinning ma’lum qilishicha, 2024 yilda 14–17 yoshli 9,5 ming o‘smir jinoyat ishlari bo‘yicha figurantga aylangan. Ularning yarmidan ko‘prog‘i moddiy manfaat uchun jinoyat sodir etgan. RF IIV ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili 21 mingdan ziyod balog‘atga yetmaganlar qonun buzgan, shundan 15,5 ming nafari maktab va kollej o‘quvchilari bo‘lgan. Ulardan 4 ming nafari avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lsa, 1,5 ming nafari ilgaridan sudlangan.

Teglar

Mavzuga oid