
Rossiyada nikoh yoshi 16 yoshgacha tushirish g‘oyasi tanqid qilindi
02.07.2025 | 09:2040462
Rossiya Davlat Dumasi deputati Nina Ostanina nikoh yoshini 18 yoshdan 16 yoshga tushirish taklifini ma’qullamasligini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, faqat yetuk va mas’uliyatli ota-ona farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanishi mumkin.

Deputat Nina Ostanina bu haqda «NSN» agentligiga bergan izohida fikr bildirgan. U Bryansk oblast dumasi deputati Mixail Ivanovning nikoh yoshini pasaytirish haqidagi taklifiga nisbatan shunday munosabat bildirdi.
Ostaninaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Konstitutsiyasiga binoan, 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar ta’lim olishi shart va ularning asosiy vazifasi — o‘qish. Shu sababli, yoshlarni turmush qurishga chorlash orqali hech qanday demografik yutuqlarga erishib bo‘lmasligiga ishonch bildirdi.
Deputatning ta’kidlashicha, amaldagi qonunchilikda ayrim holatlarda — masalan, qiz homilador bo‘lib qolganida yoki yosh yigit harbiy xizmatga yo‘llanganda — nikoh yoshini 18 yoshdan kamayishi mumkinligi ko‘zda tutilgan. Lekin bu kabi holatlar istisno sifatida belgilangan.
Shuningdek, deputat Sardana Avksentyeva Rossiyada nikoh qayd etish jarayonidagi rasmiy muddatni qisqartirishni taklif qilgan edi. Unga ko‘ra, nikoh arizasi va uni qayd etish o‘rtasidagi muddat 30 kun emas, 10 kunga teng bo‘lishi lozim. Bu taklif adliya vazirligiga taqdim etilgan.





