add

Rossiyaliklar orasida oliy ta’limga qiziqish pasayayotgani aytilmoqda

26.08.2025 | 08:2012414

Rossiyada aholining yarmiga yaqini oliy ta’limni zarur deb hisoblamay qo‘ygan. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, fuqarolarning 46,3 foizi muvaffaqiyatli hayot uchun kollej, texnikum yoki hunar-texnika bilim yurti diplomi yetarli deb hisoblaydi.

Rossiyaliklar orasida oliy ta’limga qiziqish pasayayotgani aytilmoqda
Pro-Vision Communications so‘rovnomasiga ko‘ra, faqat 29,3 foiz respondent universitet diplomini kerakli, deb bilsa, 10 foizga yaqiniga maktab yoki qisqa kurslar yetarli, deb o‘ylaydi. Ilmiy daraja yoki biznes-ma’lumot (MBA) olishga zarurat bor, deb hisoblovchilar esa atigi 1,5 foizni tashkil etgan. So‘rov natijalariga ko‘ra, 37 foiz rossiyaliklar oliy ta’limni shunchaki formallik deb hisoblaydi. 22,4 foiz esa uni tanish-bilish orttirish vositasi deb qaraydi. Respondentlarning 66,2 foizi ishga joylashishda diplom har doim talab etilmaganini aytgan. Oliy ma’lumot talab etilmaydigan sohalar sifatida respondentlar davlat xizmati, IT, marketing va savdoni ko‘rsatishgan. Kollej darajasi bilan ishlab chiqarish (79,5 foiz), qurilish (70,2 foiz) va xizmat ko‘rsatish sohalarida (81 foiz) muvaffaqiyatga erishish mumkinligini ta’kidlashgan. Respondentlarning 47,3 foizi oliy ma’lumot olishni xohlashi edi, biroq qiymatning yuqoriligi (74,6 foiz), imtihonlarning murakkabligi (42,9 foiz), vaqt tanqisligi (24,9 foiz) va imtiyozga ega abituriyentlar bilan raqobat (21,8 foiz) ularni to‘xtatib turganini bildirishgan. Imtiyozlilar qatoriga Ukrainadagi urushda qatnashganlar va ularning farzandlari kiradi. Shu bilan birga, prezident Vladimir Putin 2028 yilgacha 1 million ishchi tayyorlash vazifasini qo‘ydi. Shu asosda oliy ta’limga qabul soni qisqartirilishi va kasbiy ta’limni bozor talablariga moslashtirish rejalashtirilmoqda. 2025 yilda Rossiyada oliy ta’limning bahosi o‘rtacha 12 foizga, Moskvada esa 15,7 foizga oshib ketdi. Eng katta o‘sish amaliyotchi matematika, kompyuter fanlari va texnik yo‘nalishlarda kuzatildi. RAEX ma’lumotiga ko‘ra, yetakchi 10 ta oliygohning 7 tasida narxlar kamida 25 foizga oshgan. Shuningdek, hukumat to‘lovli o‘qishga qabul kvotalarini belgilovchi va imtiyozli ta’lim kreditlari uchun yo‘nalishlarni aniqlovchi vakolatga ega bo‘ldi.

Teglar

Mavzuga oid