add

Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti bilan suhbatlashdi

Turkmaniston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Muloqot davomida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti bilan suhbatlashdi

Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, «Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va davlat tashrifi bilan kelgan Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov suhbat o‘tkazdilar.

Muloqot chog‘ida davlat rahbarlari bir-birlarini qutladilar va ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Shundan so‘ng Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni shohsupaga taklif qildi.

Harbiy orkestr ijrosida davlat madhiyalari yangradi. Faxriy qorovul tantanali ravishda prezidentlar oldidan saf tortib o‘tdi.

Yetakchilar rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.

Ta’kidlanishicha, tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Oliy darajadagi muzokaralar davomida O‘zbekiston – Turkmaniston strategik sherikligini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid

Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti bilan suhbatlashdi | Vaqt.uz