Shvetsiyadan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi

Bugun 08:001 daqiqa

1-may kuni 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi AQSHdan deportatsiya qilingandi.

Shvetsiyadan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi © eldiariony

Shvetsiyada migratsiya qonunchiligini buzgan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reys orqali Toshkent xalqaro aeroportiga yetib keldi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ular O‘zbekiston va Shvetsiya vakolatli organlarining muvofiqlashtirilgan hamkorligi natijasida vatangan qaytarilgan.

«Ikki tomonlama hamkorlik doirasida barcha tashkiliy va huquqiy tartib-taomillar, jumladan, fuqarolarni identifikatsiya qilish, hujjatlarni rasmiylashtirish va xavfsiz tashishni ta’minlash masalalari tezkorlik bilan kelishib olindi», - deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun: Shu yilning fevral oyida ham Shvetsiyadan migratsiya qoidalarini buzgan 21 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reys orqali vatanga qaytarilgan edi. Shuningdek, yaqinda Yaponiyada noqonuniy qolib ketgan yana bir o‘zbekistonlik deportatsiya qilingan.

Teglar

Mavzuga oid