Sobiq hokim ishi rejalashtirilgan senariymi?

Bugun 13:252 daqiqa

60 ming dollar pora olishda ayblanayotgan Namangan shahar sobiq hokimi Anvar Otaxo‘jayevning sud jarayoni boshlandi.

Sobiq hokim ishi rejalashtirilgan senariymi? © Фото: Наманган вилояти ҳокимлиги

2026 yil 24-aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumani sudida Namangan shahrining sobiq hokimi Anvarjon Otaxo‘jayev ustidan sud jarayoni boshlandi. U 60 ming AQSH dollari miqdorida pora olishda ayblanmoqda.

Sudda jami 6 nafar sudlanuvchi ishtirok etmoqda, 3 nafar sudlanuvchiga nisbatan «qamoqqa olish», 3 nafariga esa «munosib xulq-atvorda bo‘lish» tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Dastlabki tergov organining ayblov xulosasiga ko‘ra sudlanuvchilar Jinoyat kodeksining 167, 168, 205, 206, 209, 28,209, 210, 28,211 va 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Mazkur ish Namangan viloyati hududida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan edi. Biroq himoya tomoni sud jarayonining xolisligi va adolatli o‘tishiga shubha bildirib, ishni boshqa hududga o‘tkazishni talab qildi. Natijada ish O‘zbekiston tumani sudiga o‘tkazildi.

Jinoiy ish qo‘zg‘atilishi

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Otaxo‘jayev 2025 yil 2-sentabr kuni pora olish gumoni bilan hibsga olingan. U poyabzal ishlab chiqaruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari bilan til biriktirib, fuqarodan 60 ming AQSH dollar talab qilgan. Bu mablag‘ evaziga shahar markazidagi 35 sotix maydonda joylashgan eski turar-joy binolari o‘rniga ko‘p qavatli uy qurish huquqini ta’minlashga va’da bergan.

Ushbu holat Namangan shahar hokimligi kanselariya bo‘limi xodimining ko‘rsatmalariga asoslangan. Biroq himoya tomoni bu ayblovlarga qarshi chiqib, hibs vaqtida u boshqa hududda xizmat uchrashuvida bo‘lganini ta’kidlamoqda.

«Ishning eng bahsli nuqtalaridan biri shuki, 60 ming AQSH dollarini berishda ishtirok etgan shaxsga oid holatdir. Ma’lum bo‘lishicha, mazkur «jabrlanuvchi» Namangan viloyatida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda kamida 16 ta jinoyat ishida shu maqomda ishtirok etgan.

Himoya tomoni bu holatni alohida o‘rganmoqda va uning boshqa hududlarda ham shunday amaliyotlarda qatnashgan-qatnashmaganini tekshirmoqda» deya yozgan advokat Abdumalik Abduullayev o‘zining shaxsiy blogida.

Teglar

Mavzuga oid