add

Soliq jinoyatini xabar qilganlarga milliardlab so‘m mukofot berildi

25.06.2025 | 08:4534732

2025 yilning besh oyi davomida «Soliq hamkor» platformasi orqali yuborilgan minglab murojaatlar asosida huquqbuzarliklar fosh etilgan. Bu orqali fuqarolarga katta miqdorda mukofot puli to‘lab berilgan.

Soliq jinoyatini xabar qilganlarga milliardlab so‘m mukofot berildi
O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan fuqarolarga joriy yilning yanvar–may oylarida 14,5 milliard so‘m mukofot to‘lab berilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, «Soliq hamkor» platformasi orqali jami 45 496 ta murojaat kelib tushgan. Ular asosida 18 140 ta sayyor soliq tekshiruvi o‘tkazilgan bo‘lib, bu tekshiruvlarning 99,1 foizida huquqbuzarlik holatlari tasdiqlangan. Aniqlangan holatlar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimalardan mukofot sifatida xabar berganlarga 20 foiz to‘lab berilgan. Shu orqali jami 14,5 milliard so‘m puli fuqarolarga taqdim etilgan.

Teglar

Mavzuga oid