Logo

Soliq qo‘mitasiga 6 oy davomida eng ko‘p qanday murojaatlar tushgani ma’lum qilindi

Bugun 13:551 daqiqa

2026-yilning yanvar-iyun oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan Soliq qo‘mitasiga 26 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan.

Soliq qo‘mitasiga 6 oy davomida eng ko‘p qanday murojaatlar tushgani ma’lum qilindi © Davlat soliq qo'mitasi

2026-yilning yanvar–iyun oylarida Soliq qo‘mitasi markaziy apparatiga elektron hujjat aylanish tizimi orqali 26 073 ta murojaat kelib tushgan. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar qildi.

Ularning 24 758 tasi yoki 95 foizi ko‘rib chiqilib, hal etilgan. Yana 40 ta murojaat vakolatli tashkilotlarga yuborilgan, 36 tasi o‘rganish jarayonida tasdig‘ini topmagan, 26 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan. Hozirda 1 213 ta murojaat belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmoqda.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, soliqlarga oid tushuntirish berish bo‘yicha 11 565 ta murojaat qayd etilgan. Bu eng katta ulushni tashkil qildi.

Soliqlardan ozod qilish yoki imtiyozlar berish masalasida 299 ta, tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari yuzasidan 149 ta, tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi qonunbuzarliklar bo‘yicha 15 ta murojaat kelib tushgan.

Shuningdek, 14 045 ta murojaat boshqa turdagi masalalarga oid bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich fuqarolar va tadbirkorlarning murojaat mavzulari juda keng qamrovli ekanini ko‘rsatadi.

Toshkent yetakchi

Hududlar kesimida eng ko‘p murojaat Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi. Jami murojaatlarning 36 foizi aynan poytaxtdan yuborilgan. Undan keyin Toshkent viloyati 9,2 foiz va Samarqand viloyati 8 foiz bilan keyingi o‘rinlarni egalladi.

photo_2026-07-13_11-53-25


Eslatib o‘tamiz, avvalroq Soliq qo‘mitasi Markaziy bankning yirik P2P o‘tkazmalarini soliq nazoratiga olish tashabbusini to‘g‘ridan-to‘g‘ri «Konstitutsiyaga zid» deb baholagani ortidan, bayonot bilan chiqqan edi.

Teglar

Mavzuga oid