add

Sun’iy intellekt O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

04.08.2025 | 15:3012813

2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya davlat byudjetiga 78,2 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42 foizga ko‘p bo‘lib, to‘lovlarning asosiy qismi yirik IT-gigantlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

Sun’iy intellekt O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi
O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarim yilligida mamlakatda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya 78,2 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘ladi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 42 foiz yuqori. Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘langan soliqlarning 94 foizi 10 ta yirik xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning orasida Meta – 22,6 mlrd so‘m, Apple – 22,1 mlrd so‘m Google – 19,4 mlrd so‘m bilan yetakchilik qilmoqda. Shuningdek: OpenAI – 2,9 mlrd so‘m, Booking.com – 1,9 mlrd so‘m, TikTok – 1,8 mlrd so‘m, Netflix – 896,2 mln so‘m, Acca – 797,1 mln so‘m, Zoom – 786,7 mln so‘m Adobe – 530,8 mln so‘m to‘lov amalga oshirgan. Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy yuridik shaxslar O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, har chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotini taqdim etishi va to‘lovni amalga oshirishi shart. Soliq qonunchiligida bu talablar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 281-moddasida belgilangan. Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumoticha, xorijiy IT-kompaniyalar tomonidan to‘langan soliqlar davlat byudjeti tushumlarini oshirish bilan birga, raqamli xizmatlar bozorida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Sun’iy intellekt O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi | Vaqt.uz