add

Surxondaryoda 15 yoshli qizga uylangan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

25.09.2025 | 11:3048853

Moddiy manfaat evaziga ularga nikoh o‘qigan 75 yoshli shaxsga ham jinoyat ishi ochilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Surxondaryoda 15 yoshli qizga uylangan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida voyaga yetmagan qizning turmushga berilishi va nikoh marosimi o‘tkazilishi bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi. Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova bu voqeani nazoratga olganini ma’lum qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yil 8 iyul kuni Denov tumanida 1958 yilda tug‘ilgan ayol o‘zining 2009 yilda tug‘ilgan nabirasi A.R.ni 1997 yilda tug‘ilgan M.R. ismli yigitga turmushga bergan. Qiz voyaga yetmagani sabab nikoh qonunan qayd etilmagan. Shunga qaramasdan, 1950 yilda tug‘ilgan I.M. moddiy manfaat evaziga ularga shar’iy nikoh o‘qib bergani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan 2025 yil 22 sentyabrda jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov materiallariga ko‘ra, I.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 125-1-moddasi («Voyaga yetmaganlarga nisbatan noqonuniy nikoh marosimini o‘tkazish»), M.R.ga nisbatan esa 128-modda («Voyaga yetmagan bilan jinsiy aloqa») bo‘yicha ish ochilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari Denov tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani esa erta nikohlarni qattiq qoralab, bu kabi holatlar bolalar huquqlarini qo‘pol buzish ekanini va jinoiy hamda ma’muriy javobgarlikka olib kelishini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid