add

Surxondaryoda 23 bosh noyob ilon tabiatga qo‘yib yuborildi

15.07.2025 | 16:4534893

Surxondaryoda noqonuniy saqlangan 6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni davlat qo‘riqxonasi hududiga qaytarildi. Ushbu ilonlar «Qizil kitob» va CITES II ilovasiga kiritilgan turlar hisoblanadi.

Surxondaryoda 23 bosh noyob ilon tabiatga qo‘yib yuborildi
Surxondaryo viloyatida jami 23 bosh ilon, jumladan 6 bosh O‘rta Osiyo kobrasi va 17 bosh sharq bo‘g‘ma iloni tabiiy muhitga qo‘yib yuborildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. Ushbu ilonlar avvalroq vazirlik inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida fuqarolar tomonidan noqonuniy saqlanayotgan holda aniqlangan. Ular musodara qilingan holda Toshkent hayvonot bog‘iga vaqtincha saqlash uchun topshirilgan edi. Keyinchalik Zoologiya instituti xulosasi asosida ular «Surxon» davlat qo‘riqxonasining Kampirtepa, Sherjon va Sholkon hududlariga joylashtirildi. O‘rta Osiyo kobrasi va sharq bo‘g‘ma iloni O‘zbekistonning «Qizil kitobi» hamda xalqaro CITES konvensiyasining II ilovasiga kiritilgan. Kobra ayrim mintaqalarda butunlay yo‘qolgan, qolgan hududlarda esa juda kam uchraydi. Sharq bo‘g‘ma ilonining soni haqida esa hozircha aniq ma’lumotlar mavjud emas. Bunday biologik turlarning tabiatga qaytarilishi ularning populyatsiyasini saqlash va tiklashda muhim ahamiyatga ega.

Teglar

Mavzuga oid