Logo

Tataristondagi hujumda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 8 nafarga yetdi

Bugun 21:392 daqiqa

Prezident topshirig‘i bilan Hukumat komissiyasi tuzildi.

Tataristondagi hujumda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 8 nafarga yetdi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Rossiyaning Tatariston Respublikasi Nijnekamsk shahrida sodir bo‘lgan hodisa oqibatlarini bartaraf etish va O‘zbekiston fuqarolariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda Favqulotda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, Bosh vazir Abdulla Aripovning o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida mas’ul vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Hukumat komissiyasini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining farmoyishi qabul qilingan.

Bugun yuz bergan mazkur hodisa oqibatida Nijnekamsk shahri hududida faoliyat yuritgan qurilish korxonasida quruvchi bo‘lib ishlagan jami 8 nafar O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘lgan hamda yana bir nechta o‘zbekistonliklar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga joylashtirilgan.

Prezident topshirig‘i asosan tashkil etilgan Hukumat komissiyasiga:

➖jabrlangan fuqarolar holidan xabar olish va ularga zarur yordam ko‘rsatish;
➖halok bo‘lgan fuqarolarni maxsus aviareys orqali O‘zbekistonga olib kelish;
➖marhumlarni tegishli manzillarga yetkazish;
➖ularning oila a’zolariga har tomonlama ko‘maklashish vazifalari yuklatilgan.

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Migratsiya agentligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillaridan iborat maxsus ishchi guruh Rossiyaga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10-avgust kuni ertalab Ukraina dronlari Tataristonning Nijnekamsk shahriga hujum qilgandi, buning oqibatida esa dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14 nafar odam halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlar orasida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari bor.

@pressuzb

Teglar

Mavzuga oid

Tataristondagi hujumda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar soni 8 nafarga yetdi | Vaqt.uz