add

Tesla aksiyalari 10 yil ichida 10 000 dollarga yetishi mumkin

Bugun 22:281332

Tesla aksiyalari keyingi 10 yilda sezilarli darajada qimmatlashishi aytgan mashhur investor Ron Baron Maskning robotlar bo‘yicha rejalarini «insoniyat tarixidagi eng yirik loyiha» deb ham atadi.

Tesla aksiyalari 10 yil ichida 10 000 dollarga yetishi mumkin

Baron Capital asoschisi va Tesla aksiyalarini 10 yildan buyon saqlab kelayotgan Ron Baron, yangi so‘zlarida Tesla aksiyalari 2035 yilga borib 10 000 dollargacha ko‘tarilishi mumkinligini bildirdi. Bozor hali ham Ilon Maskning rejalari miqyosini to‘liq tushunib yetmagan, deya uning so‘zlarini keltirmoqda investing.com.

Baronning aytishicha, Tesla xodimlari Mask yetakchiligidagi loyihalar keyingi 10 yilda kamida 5–7 barobar foyda keltiradi, deb hisoblashmoqda. U o‘z prognozida aksiyalar narxi yaqin orada 2500 dollargacha ko‘tarilib, kelgusida yana to‘rt baravar o‘sishi mumkinligini ta’kidladi.

Intervyuda Baron maxsus Tesla’ning Optimus odamsimon roboti haqida ham gapirdi. Maskning o‘zi ham uni kompaniyaning eng qimmatli mahsulotlaridan biriga aylanishini kutmoqda. Baronning so‘zlariga ko‘ra, Tesla 2026 yilda 10 mln robot, keyingi bosqichda esa yiliga 1 mlrdgacha Optimus ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bitta robot taxminan 20 000 dollar turadi.

Baron buni «barqaror farovonlik» sari qadam deb baholadi: arzon robot mehnati odamlar hayoti sifatini sezilarli yaxshilashi mumkin. Shu bilan birga, Mask odamzotni Marsda yashashga olib borish g‘oyasidan ham voz kechmaganini eslatdi.

Tesla’ning SI va robototexnika sohasidagi ambitsiyalariga bo‘lgan qiziqish kuchaymoqda. Yaqinda aksionerlar Maskning yangi kompensatsiya rejasini ma’qullashdi, u esa Optimus va avtonom boshqaruv atrofidagi taqdimotlarni kuchaytirdi.

Bank of America tahlilchi Federiko Merendi ham Tesla’ni «fizik sun’iy intellekt sohasida yetakchi» deb atab, aksiyalar narxini 471 dollargacha ko‘tardi. Uning ta’kidlashicha, Tesla o‘zining avtonom boshqaruv va robotlashgan texnologiyalar orqali bozordagi yetakchilikni mustahkamlamoqda.

Baronning fikricha, Tesla’ning kelasi 10 yildagi qiymat yaratishi aynan shu texnologiyalarga bog‘liq bo‘ladi — birgina elektromobillarga emas.

Teglar

Mavzuga oid

Tesla aksiyalari 10 yil ichida 10 000 dollarga yetishi mumkin | Vaqt.uz