add

Tojikistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

2021 yildan beri mamlakatning Toshkentdagi elchisi sifatida faoliyat yuritib kelgan Abdujabbor Rahmonzoda lavozimidan ozod etildi.

Tojikistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Tojikiston O‘zbekistonga yangi elchi tayinladi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Tojikiston tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Nasriddin Ismatullo Abdujabbor Rahmonzoda o‘rniga Tojikistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nasriddin Ismatullo tajribali diplomat hisoblanadi. U 1971 yil 21-fevralda tug‘ilgan, Tojikiston Agrar universiteti hamda Rossiya TIV huzuridagi Diplomatiya akademiyasini tamomlagan. Uning faoliyati davomida xalqaro tashkilotlar, xalqaro huquq va xavfsizlik bilan bog‘liq yo‘nalishlarda turli lavozimlarda ishlagani ta’kidlanadi.

Yangi elchi Avstriya, AQSH va qator Yevropa davlatlarida Tojikistonning rasmiy vakili sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, u YeHXT va boshqa xalqaro hamkorlik platformalarida mamlakat manfaatlarini ilgari surishda qatnashgan.

Rahmonzodaning lavozimdan ozod etilishi sabablari rasman oshkor etilmagan. Ammo Tojikiston tashqi siyosat idorasidagi rotatsiya jarayonlari doimiy tarzda amalga oshirilishi ma’lum qilingan. Ayni paytda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik izchil davom etmoqda.

Yangi elchi Nasriddin Ismatulloning faoliyati asosan tashqi siyosat, xavfsizlik va xalqaro hamkorlikka qaratilgan bo‘lib, uning Toshkentdagi missiyasi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid