add

Toshkent dunyoning eng arzon shaharlaridan biri deb topildi

19.09.2025 | 14:4014472

Toshkentda 4 kishilik oila uchun oylik xarajatlar 23 mln so‘mga yetmoqda va eng arzon shaharlar qatoriga kiritildi. Ammo Toshkent shahridagi o‘rtacha oylik maosh 10,1 mln so‘mni tashkil etadi.

Toshkent dunyoning eng arzon shaharlaridan biri deb topildi
Joriy yilning birinchi yarmida e’lon qilingan «Numbeo» portali reytingga ko‘ra, Toshkentda 4 kishi uchun uy-joy ijarasisiz o‘rtacha oylik xarajatlar 23 mln 39 ming so‘mni, yolg‘iz yashovchi shaxslar uchun esa xarajatlar 6 mln 437 ming so‘mni tashkil qiladi. Shuningdek, reytingda Olmaota (Qozog‘iston) markaziy Osiyo shaharlari orasida yashash uchun eng qimmat shahar deb topilgan. Olmaotada yashash qiymati indeksi 29,4 punktni tashkil etib, uni jahon bo‘yicha 346-o‘ringa olib chiqqan. Toshkent esa 26,2 indeks bilan 370-o‘rinda turibdi. Bu indeks Nyu-York shahriga qaraganda 72,2 foiz arzonroq. Har bir shaharning yashash qiymati indeksi uning aholisi uchun muhim moliyaviy ko‘rsatkich bo‘lib, bu ma’lumotlar odamlar uchun turmush sharoiti, xarajatlar va maqsadlarini belgilashda asosiy rol o‘ynaydi. O‘zbekiston aholisi asosan nimalarga xarajat qilyapti? Avvalroq Vaqt.uz muxbiri ushbu savol yuzasidan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tqazgan.

Teglar

Mavzuga oid