add

Toshkentda 9 yoshli bola operatsiya paytida vafot etdi

27.08.2025 | 12:1541942

Toshkent shahridagi Paeonnis xususiy klinikasida 25 avgust kuni 9 yoshli bola burin operatsiyasi paytida vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Toshkentda 9 yoshli bola operatsiya paytida vafot etdi
Rasmiy xabarda qayd etilishicha, holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayonida aloqador shaxslardan so‘roq olish, yuzlashtirish va bir qator murakkab tibbiy ekspertizalar tayinlash belgilangan. Ma’lumotga ko‘ra, 2016 yilda tug‘ilgan bola operatsiyadan bir hafta oldin ushbu klinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tgan. Biroq, burin sohasida o‘tkazilgan rinoplastika amaliyotidan so‘ng u hayotdan ko‘z yumgan. Bosh prokuraturaning ta’kidlashicha, barcha zarur tergov harakatlari amalga oshirilgandan keyin ish bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi. Hozircha voqea yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar ochiqlanmagan. Tergov natijalariga ko‘ra, aybdor shaxslarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid