Logo

Toshkentda favqulodda vaziyat yuz berdi

Tarmoqlarda tarqalgan videolardan ko‘rinishicha, mashinalarga shikast yetgan, yo‘l ishdan chiqqan. Hokimlik bir kishi yengil tan jarohati olganini ma’lum qildi.

Toshkentda favqulodda vaziyat yuz berdi © Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani Glinka ko‘chasida favqulodda vaziyat yuz berdi. Holat yuzasidan poytaxt hokimligi ma’lumot berdi.

Hokimlikning yozishicha, bir kishi yengil tan jarohati olgan va unga o‘z vaqtida tez tibbiy yordam ko‘rsatildi. Ayni paytda hodisa joyida tegishli mutasaddi tashkilotlar va soha mutaxassislari ish olib bormoqda.

Tarmoqlarda tarqalgan videolardan ko‘rinishicha, mashinalarga shiksat yetgan, yo‘l ishdan chiqqan.

Veolia Energy bergan ma’lumotga ko‘ra, hech qanday sizib chiqish holati aniqlanmagan.

«Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filialining yozishicha, hududdan yuqori bosimli gaz quvuri o‘tmagan hamda sodir bo‘lgan hodisa tabiiy gaz tarmoqlari bilan bog‘liq emas. Shuningdek, o‘rganishlar davomida gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanmagan. «Toshkent shahar suv ta’minoti» ham izoh berdi. Tashkilotga ko‘ra, avariya ichimlik suvi tarmoqlariga tegishli emas.

Teglar

Mavzuga oid