Logo

Tramp: Eron «yaxshi shou» qo‘ymoqda

Bugun 20:551 daqiqa

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron oliy rahbari Mo‘jtaba Xomanaiyning halok bo‘lgani haqidagi xabarlarga ishonmasligini, u og‘ir yaralangan bo‘lsa-da, hali ham tirik ekanini bildirdi.

Tramp: Eron «yaxshi shou» qo‘ymoqda © White House

AQSH prezidenti Donald Tramp Mo‘jtaba Xomanaiy halok bo‘lgani haqidagi xabarlarga ishonmasligini bildirdi. Uning aytishicha, Eron oliy rahbari og‘ir jarohatlangan, ammo tirik.

«Men Mo‘jtaba Xomanaiy o‘lgan deb o‘ylamayman. U juda og‘ir yaralangan — tanasining chap tomoni, qo‘li, oyog‘i, hammasi jiddiy shikastlangan. Ammo men uni o‘lgan deb o‘ylamayman», — dedi Tramp.

AQSH rahbari, shuningdek, Eron tomonining harakatlarini ham tanqid qildi.

«Bordi-yu, u vafot etgan bo‘lsa, unda ular yaxshi tomosha qo‘yishyapti», — dedi u.

Trampning Eron haqida boshqa fikrlari

Tramp Eron haqida gapirar ekan, mamlakatdagi vaziyat yaqin orada AQSH uchun yirik natija bilan yakunlanishini bildirdi.

«Tez orada Eronda bizni katta g‘alaba kutib turibdi», — dedi Amerika prezidenti.

U Eron bilan bog‘liq operatsiyalarda AQSH ustunlikka ega bo‘lganini ham ta’kidladi.

«Biz haqiqatan ham boshidanoq Eron ustidan to‘liq ustunlik qildik», — dedi Tramp.

Bo‘g‘ozda neft oqimi

AQSH prezidenti mintaqadagi dengiz qatnovi haqida ham gapirdi.

Trampning aytishicha, bo‘g‘oz amalda ishlayapti va undan katta hajmda neft tashilmoqda. Shu bilan birga, u vaqt-vaqti bilan dronlar, raketalar yoki boshqa qurollar qo‘llanilayotganini qayd etdi.

«Biz minalardan xalos bo‘ldik. Bo‘g‘oz esa ishlayapti. Ha, vaqt-vaqti bilan u yerda dron, raketa yoki boshqa narsa uchiriladi, ammo bo‘g‘oz a’lo darajada ishlayapti. U yerdan juda katta neft oqimi o‘tyapti», — dedi Tramp.

Teglar

Mavzuga oid