add

Tramp o‘zini va Netanyahuni «harbiy qahramon» deb atadi

20.08.2025 | 19:0033243

AQSH prezidenti Donald Tramp Eron yadro inshootlariga zarba berish buyrug‘ini asos qilib, o‘zini ham «harbiy qahramon» deb atadi. Lekin u hech qachon haqiqiy urushda qatnashmagan.

Tramp o‘zini va Netanyahuni «harbiy qahramon» deb atadi
Politico nashrining yozishicha, 20 avgust kuni u konservativ jurnalist Mark Levin radioshousidagi suhbatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu haqida «u harbiy qahramon, chunki biz birga ishladik» dedi va «Men ham shundayman. Hech kim parvo qilmaydi, lekin men ham shundayman. Samolyotlarni men yuborganman» deya qo‘shib qo‘ydi. Tramp iyun oyida Eronning yer osti yadro ob’ektlariga havo zarbalari berishga buyruq bergan edi. Uning aytishicha, maqsad Tehronning yadro dasturini yo‘q qilish bo‘lgan. Netanyahu o‘tgan yil noyabridan beri Gaaga xalqaro jinoyat sudi tomonidan G‘azodagi urush jinoyatlari aybi bilan qidiruvda. Isroil armiyasi hujumlari oqibatida 2023 yil 7 oktyabrdan beri 60 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, hujumlar «HAMAS»ning Isroilga qilgan hujumida 1200 kishi qurbon bo‘lganidan keyin boshlangan. Tramp esa harbiy xizmatda bo‘lmagan va Vetnam urushi davrida besh marotaba chaqiruvdan ozod etilgan. 22 yoshida oyog‘idagi suyak muammosi sababli tibbiy ozodlik olgan. Uning ilgari aytgan so‘zlari ham katta bahslarga sabab bo‘lgan. 2015 yilda u senator Jon Makkeynni «asirga tushgani uchun qahramon emas» degan edi. 2020 yilda esa The Atlantic nashri Tramp marhum harbiy xizmatchilarni «omadsiz» va «ahmoqlar» deb atagani haqida xabar bergan, ammo prezident buni keskin rad etgan.

Teglar

Mavzuga oid