add

Trampga endi Putin kerak emas: Eron masalasi o‘yindan chiqmoqda

AQSHning Eron yadroviy ob’ektlariga qilgan hujumi ortidan Donald Tramp nafaqat o‘z tashqi siyosiy pozitsiyasini o‘zgartirmoqda, balki Vladimir Putin bilan munosabatlarda ham yangi bosqichga o‘tmoqda. Endilikda Trampga Eron bo‘yicha vositachi kerak emas.

Trampga endi Putin kerak emas: Eron masalasi o‘yindan chiqmoqda
AQSH alal-oqibat Isroilning Eronga qarshi harbiy amaliyotiga qo‘shildi va Natanz, Isfahon hamda Fo‘rdu shaharlaridagi yadroviy ob’ektlarga zarba berdi. Shu tariqa, Donald Tramp o‘zining prezidentlik faoliyatida ilk bor hal qiluvchi harbiy qaror qabul qildi va uni amalga oshirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiya chog‘ida AQSH harbiylari 30 ta «Tomahavk» raketasi hamda B-2 Spirit bombardimonchi uchoqlarini vositasida bunkerlarni yorishga mo‘ljallangan 6 ta GBU-57 turdagi aviabombalarni ishga solgan. Fo‘rdu yadroviy ob’ekti yer ostida joylashgani bois, unga zarba berish Isroil uchun mushkul bo‘lgan edi. Bu zarbalarning geosiyosiy oqibatlari ikki muhim natija bilan izohlanadi. Birinchidan, Tramp endi «cho‘chib qoladigan» emas, balki amaliy harakat qiladigan rahbar sifatida namoyon bo‘ldi. Ikkinchidan, Vladimir Putin bu jarayonda vositachilik maqomini yo‘qotmoqda. Bundan avval Tramp Eron yadroviy dasturi bo‘yicha Putin bilan kelishuv evaziga Ukraina bo‘yicha ma’lum ustuvorliklar olishga intilayotgan edi. Endi esa Eron masalasi tenglamadan chiqarilgani bois, Tramp Kremldan bu yo‘nalishda yordam so‘rash ehtiyojidan xalos bo‘ldi. Shuning uchun ham, keyingi munosabatlarda Tramp Rossiyaga nisbatan «erkinroq» siyosat yuritishi mumkin. Chunki u endi Putin bilan muntazam aloqa qilish va u orqali Eron muammosini hal qilishga zaruriyat yo‘q. Shu bilan birga, Eron yadroviy infratuzilmasini to‘liq yo‘q qilishga erishilmasa va zarbalar cho‘zilib ketsa, Tramp yana Putinga murojaat etishi ehtimoli ham bor. Bu esa jarayonning yana boshqa yo‘nalishga burilishiga olib kelishi mumkin. Harholda, hozircha Trampning qo‘lida yangi geosiyosiy «qarta»lar paydo bo‘lgani aniq. Endi esa savol: u ulardan foydalanadimi yoki yo‘q?

Teglar

Mavzuga oid

Trampga endi Putin kerak emas: Eron masalasi o‘yindan chiqmoqda | Vaqt.uz