add

Universitetlarda kontrakt to‘lovlari oshirilmaydi

18.08.2025 | 14:0019572

2025/2026 o‘quv yilida talabalar uchun kontrakt summalari o‘tgan yilda belgilangan miqdorda qoladi.

Universitetlarda kontrakt to‘lovlari oshirilmaydi
Ma’lum qilinishicha, yaqin kunlarda yangi o‘quv yili uchun onlayn shartnoma olish jarayoni boshlanadi. Unda 2024 yilda Davlat qabul komissiyasi tasdiqlagan kontrakt to‘lovlari o‘z kuchida qoladi. Yuridik jihatdan bu tartib Davlat qabul komissiyasi qarori bilan izohlanadi. Xususan, o‘tgan yilda qabul qilingan qaror «2024/2025 o‘quv yildan boshlab quyidagi miqdorlar tasdiqlansin» degan mazmunda bo‘lgani uchun, yangidan summalar belgilanmagach, o‘tgan yilgi me’yorlar amal qilishda davom etadi. Shu bilan birga, moliyaviy mustaqillikka ega oliy ta’lim muassasalari kontrakt to‘lovlari miqdorini o‘zlari oshirish yoki o‘zgarishsiz qoldirish huquqiga ega. Eslatib o‘tamiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab talabalar uchun shartnoma narxlarini 15 foizga oshirishini ma’lum qilgan edi.

Teglar

Mavzuga oid