add

Uzbekistan Airways talabalar uchun chegirma e’lon qildi

Kecha 16:023291 daqiqa

Uzbekistan Airways talabalarga mahalliy parvozlarda 50 foizgacha chegirma e’lon qildi. Bunda talaba davlat OTMda o‘qiyotganini tasdiqlovchi ma’lumotnoma taqdim etishi kerak.

Uzbekistan Airways talabalar uchun chegirma e’lon qildi

Uzbekistan Airways mamlakatdagi o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba va o‘quvchilar uchun barcha mahalliy yo‘nalishlarda parvoz qilishda 50 foizgacha chegirma joriy etganini ma’lum qildi. Kompaniyaga ko‘ra, chegirma davlat ta’lim muassasasida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida beriladi.

Ma’lumotnoma YAIDXP (YIDXP) orqali onlayn tarzda, ta’lim muassasasining o‘zida yoki «Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi» DM tomonidan beriladigan elektron tasdiqnoma orqali olinishi mumkin. Bu esa talabalarga hujjat tayyorlash jarayonini yengillashtiradi va chegirmadan tez foydalanish imkonini yaratadi.

Chegirma 2025 yil 26-dekabrdan 2026 yil 11-yanvargacha amal qiladi. Kompaniyaga ko‘ra, mazkur muddat qish mavsumida ichki turizm faollashadigan davrga to‘g‘ri keladi va talabalar uchun uyga qaytish yoki mamlakat bo‘ylab sayohat qilishni arzonlashtiradi.

Talabalar Uzbekistan Airways Sales filiallari, mamlakat bo‘ylab faoliyat yuritayotgan agentliklar yoki booking.uzairways.com sayti orqali chiptalarni chegirma bilan xarid qilishi mumkin. Shu bilan birga, aviachipta tarifidan tashqari qo‘llaniladigan soliqlar, yig‘imlar va qo‘shimcha to‘lovlar uchun chegirma berilmasligi ta’kidlandi.

Teglar

Mavzuga oid