
Visa Excellence Cup 2025: Visa mukofotlari Octobankʼning elektron to‘lovlar bo‘yicha yetakchiligini tasdiqladi
Octobank bu yil Visa xalqaro to‘lov tizimining ikkita nufuzli mukofotiga sazovor bo‘ldi: «Elektron tijoratdagi eng yaxshi ekvayer bank» va «Kriptokartalarni ishga tushirgani uchun» nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib deb topildi. Taqdirlash 10-dekabr kuni Visa Excellence Cup 2025 tadbirida bo‘lib o‘tdi

Best E com Asquirer mukofoti Octobankʼning elektron tijorat sohasidagi yetakchi bank sifatidagi maqomini yana bir bor tasdiqladi. Octobank ekvayring — O‘zbekiston bo‘ylab 15 000 dan ortiq kompaniyalarning tanlovi. Bank xizmatlari biznesni kengaytirish, onlayn savdoni hajmini oshirish va yangi bozorlarga chiqishga yordam beradi, to‘lovlarning qulayligi va xavfsizligini ta’minlaydi.
Ikkinchi mukofot Crypto Linked Card Launch bankka kriptokartalarni muvaffaqiyatli ishga tushirgani uchun taqdim etildi. Innovatsion yechimlarni kundalik moliya tizimiga joriy etish, to‘lovlarni osonlashtirish va mijozlarning raqamli aktivlariga kirishni ta’minlash – Octobankʼning zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or xizmatlarni tatbiq etishdagi izchil strategiyasidir.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilda Octobank O‘zbekistonda ekvayringni muvaffaqiyatli rivojlantirgani uchun Visa mukofotini qo‘lga kiritgan edi va bu yil u elektron to‘lovlar sohasida o‘z yetakchilik mavqeini mustahkamladi.
«Octobank Visa hamkorlariga ko‘rsatilgan ishonch va bu yilgi faoliyatini yuqori baholaganliklari uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi. Kelgusi 2026 yilda biz mijozlarimiz uchun sodda, xavfsiz va qulay vositalar hamda to‘lovlarni taklif etish orqali xizmatlarimizning texnologik imkoniyatlarini va qulayligini oshirishda davom etamiz», deyiladi Octobank bayonotida.





